Xizmatlar

Family Park Support — ko‘p kvartirali uylarni professional boshqarish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan boshqaruv kompaniyasi.

Umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash

1

Ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalanishdagi ob‘ektlarni elektr energiyasi bilan ta‘minlash

Davriyligi: Doimiy

2

Lift uskunalarini texnik monitoring qilish

Ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan shartnomalar tuzilgan hollarda

Davriyligi: Doimiy

3

Ko‘p kvartirali uylarning fasad va kirish yo‘laklarini talab darajasida saqlash va ta‘mirlash

Davriyligi: Zaruratga ko‘ra

4

Yerto‘lada o‘rnatilgan ichimlik suvi nasoslarini texnik soz holda bo‘lishini ta‘minlash

Qurilishda suv nasoslarini o‘rnatish loyihalashtirilmagan ko‘p kvartirali uylar bundan mustasno

Davriyligi: Doimiy

5

Ko‘p kvartirali uylarning tom qismi gidroizolyatsiya qatlamini tiklash va yamash, yerto‘ladagi kommunikatsiya tarmoqlari, shaxtalardagi kommunikatsiya tarmoqlari, elektr energiyasi tarmoqlarini soz holda saqlash va joriy ta‘mirlash

Davriyligi: Doimiy

6

Novlarni soz holatda saqlash va ularni doimiy tozalash

Davriyligi: Doimiy

7

Isitishning uy ichidagi tizimini gidravlik presslash va uni tarmoqdagi suv bilan to‘ldirgan holda yuvish, shuningdek uy ichidagi issiqlik tizimlarini zarur tarzda saqlash va xizmat ko‘rsatish

Lokal va markaziy isitish tizimida isitiladigan uylar uchun

Davriyligi: Bir yilda bir marta

8

Ko‘p kvartirali uylarning issiqlik izolyatsiyasini ta‘minlash, shu jumladan germetizatsiya hamda kirish yo‘laklarining deraza va eshik yoriqlarini oyna bilan berkitish ishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish

Davriyligi: Kuz-qish mavsumida

9

Ko‘p kvartirali uylarni deratizatsiyalash va dezinsektsiyalash, uyga tutash hududdagi mahalliy tozalash inshootlari (septiklar) va tashqi hojatxonalarni dezinfektsiyalash

Davriyligi: Zaruratga ko‘ra

10

Oqova xandaqlarini (o‘ralarini) bo‘shatish

Oqova tarmog‘iga ulanmagan uylar uchun

Davriyligi: Uch oyda bir marta

11

Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va lift xonalarini tozalash

Davriyligi: Haftada bir marta

12

Yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish

Davriyligi: Doimiy

Ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish

13

Boshqaruv organlari boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylarga tegishli bo‘lgan bolalar va sport maydonchalarining texnik holatini saqlash, tozaligini ta‘minlash hamda ularni ta‘mirlash

Davriyligi: Doimiy

14

Hududni obodonlashtirish, o‘t o‘rish, daraxtlarni butalash

Davriyligi: Doimiy

15

Noqulay ob-havo sharoitida kirish yo‘laklarini qordan tozalash va muzlarni tushirish

Davriyligi: Zaruratga ko‘ra

16

Tutash hududlarni tozalash (supurish)

Davriyligi: Uch kunda bir marta

Uyni boshqarish

Bu — xizmatlar ro‘yxati emas, balki qonunchilikda boshqaruvchiga yuklangan boshqaruv funksiyalari.

Mening uyim

PQ-48 va №3824 asosida boshqaruv jarayonlari bosqichma-bosqich Mening uyim axborot billing tizimi orqali raqamlashtiriladi.

Yillik ish rejasi va smeta

Har bir uy uchun yillik reja va moliyalashtirish smetasi shakllantiriladi.

Hisobot va shaffoflik

Bajarilgan ishlar, daromadlar, xarajatlar va smeta ijrosi bo‘yicha ma‘lumotlar belgilangan tartibda shakllantiriladi.

Umumiy hisoblagichlar

Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvining umumiy iste‘moli har bir ko‘p kvartirali uy bo‘yicha alohida hisobga olinadi.

Avariya-dispetcherlik xizmati

№3824 bo‘yicha boshqaruv organi 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi lozim.

Xizmatlar ro‘yxati har bir uyning xususiyatlariga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, lift bo‘lmagan uyda lift xizmati ko‘rsatilmaydi.

Uyingizni toping

Murojaatingiz bormi?

Bizga xabar bering. Murojaatingizni yechimgacha olib boramiz, bajarilishini tekshiramiz va natijasi haqida xabar beramiz.

Murojaat qoldirish