Family Park Support jamoasiga qo‘shiling

Biz ko‘p kvartirali uylarni boshqarish madaniyatini yangi darajaga olib chiqadigan jamoa quryapmiz.

Family Park Support’da bizga faqat vazifani bajaradigan emas, natija uchun javob beradigan, tartib va standartlar asosida ishlaydigan insonlar kerak.

Bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rish

Biz kimlarni izlaymiz?

Javobgar

O‘z vazifasi, qarori va natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan insonlar.

Tartibli

Standart va belgilangan jarayon asosida ishlaydigan, ishni tasodifga qoldirmaydigan insonlar.

G‘amxo‘r

Uy, umumiy mulk va insonlarga e‘tibor bilan munosabatda bo‘ladigan insonlar.

O‘rganishga tayyor

Xatolardan xulosa qiladigan, yangi usul va standartlarni o‘zlashtirishga tayyor insonlar.

Natijaga yo‘naltirilgan

Faqat harakatni emas, ishning yakuniy natijasini muhim deb biladigan insonlar.

Bizda qanday ishlaysiz?

Aniq rol va javobgarlik

Har bir vazifa va natija uchun aniq mas‘ul belgilanadi.

Standart asosida ishlash

Ish shaxsiy odatga emas, tasdiqlangan jarayon va standartlarga asoslanadi.

Natijani tekshirish

Ish bajarildi degani — uning natijasi tekshirildi degani.

Xatodan o‘rganish

Muammo va xatolar tahlil qilinadi, xulosa tizimga kiritiladi.

Doimiy rivojlanish

Ishlash usullari muntazam tahlil qilinadi va takomillashtiriladi.

Family Park Support’da yaxshi ish — faqat vazifani bajarish emas. Bu belgilangan standart asosida ishlab, natija uchun javob berish va har safar tizimni yaxshiroq qilishdir.

Bo‘sh ish o‘rinlari

Hozircha ochiq vakansiyalar mavjud emas.

Lekin Family Park Support jamoasiga qo‘shilishni istasangiz, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Bog‘lanish

Ariza topshirish

Vakansiyaga onlayn ariza qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan. Vakansiya bo‘yicha murojaat qilish uchun "Aloqa" sahifasidagi tasdiqlangan kanallardan foydalaning.

Aloqa